Maxfiylik siyosati

Taqsim ilovasi · Kuchga kirgan sana: 12-noyabr, 2026

Qisqacha

1. Ushbu siyosat nima haqida

Ushbu hujjat Taqsim mobil ilovasi (keyingi o'rinlarda — «ilova») qanday ma'lumotlar bilan ishlashini, ular qayerda saqlanishini va siz ularni qanday boshqarishingiz mumkinligini tushuntiradi. Ilova shaxsiy moliyani yuritish uchun mo'ljallangan: kirim va chiqimlar, hamyonlar, qarzlar va kontaktlar.

2. Ilova qanday ma'lumotlarni saqlaydi

Ilovaga siz kiritgan quyidagi ma'lumotlar faqat qurilmangizning o'zida saqlanadi:

Bu ma'lumotlar bizga yoki boshqa biror tomonga yuborilmaydi. Ular ilova o'chirilganda yoki Sozlamalardagi «Barcha ma'lumotlarni o'chirish» orqali qurilmadan o'chadi.

3. Ilova so'raydigan ruxsatlar

RuxsatNima uchun
Kontaktlar Faqat siz «Kontaktlardan» tugmasini bosganingizda, qarz yozish uchun kishilarni tez qo'shishga. Ilova faqat siz tanlagan kishilarning ismi va telefon raqamini o'qiydi va ularni o'z ichida saqlaydi. Telefoningizdagi kontaktlar o'zgartirilmaydi. Ruxsat berilmasa ham ilova to'liq ishlaydi — kishilarni qo'lda qo'shish mumkin.
Bildirishnomalar Qarz qaytarish muddati yaqinlashganda eslatma ko'rsatish uchun. Eslatmalar telefonning o'zida rejalashtiriladi va hech qayerga yuborilmaydi. Ularni ilovada yoki telefon sozlamalarida o'chirish mumkin.
Telefon qayta yonganda ishga tushish Telefon o'chib-yonganidan keyin rejalashtirilgan eslatmalar yo'qolib qolmasligi uchun.
Internet Faqat siz sozlagan Telegram zaxirasini yuborish uchun (4-bo'limga qarang). Boshqa hech qanday internet so'rovi yo'q.

4. Ma'lumot telefondan qachon chiqadi

Zaxira faylini ulashish

Sozlamalardagi «Zaxira nusxani ulashish» barcha ma'lumotlaringizni .db faylga yozadi va uni telefonning «Ulashish» oynasiga beradi. Fayl faqat siz tanlagan ilova yoki joyga (masalan, Telegram, Google Drive yoki telefon xotirasi) va faqat siz tasdiqlaganingizda yuboriladi. Telegram bot ulanmagan bo'lsa, «Telegram zaxira» sahifasidagi «Hozir yuborish» ham xuddi shu oynani ochadi. Ulashish uchun fayl vaqtincha ilovaning kesh xotirasida yaratiladi va keyingi ulashishda o'chiriladi.

Fayl shifrlanmagan. U qayerga saqlansa yoki kimga yuborilsa, uning xavfsizligi o'sha joyga bog'liq — zaxira faylini ishonchli joyda saqlang.

Telegram orqali zaxira (ixtiyoriy)

Agar siz «Telegram zaxira» sahifasida botingizni ulasangiz, ilova barcha ma'lumotlaringizni .db fayl qilib Telegram Bot API (api.telegram.org) orqali o'zingiz yaratgan bot va o'zingiz ko'rsatgan chatga yuboradi — qo'lda yoki kuniga bir marta avtomatik. Bunda ma'lumotlar Telegram serverlari orqali o'tadi va o'sha chatda saqlanadi; ular Telegramning o'z maxfiylik siyosatiga bo'ysunadi: telegram.org/privacy. Bot tokeni va chat ID faqat telefoningizda saqlanadi. Bu funksiyani istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.

Qarz yoki yozuv haqida xabar yuborish

«Qarzdorga yuborish», kishining qarz sahifasidagi «Hisobotni ulashish» (u bilan bo'lgan barcha qarz va to'lovlar ro'yxati) hamda kirim yoki chiqim sahifasidagi «Ulashish» tegishli matnni telefonning «Ulashish» oynasiga beradi. Matn faqat siz tanlagan ilova (masalan, Telegram yoki SMS) orqali va faqat siz tasdiqlaganingizda yuboriladi.

Kishining sahifasidagi qo'ng'iroq va xabar tugmalari uning telefon raqamini telefonning o'z qo'ng'iroq yoki SMS ilovasida ochadi; ilovaning o'zi hech narsa yubormaydi.

5. Biz nimalarni qilmaymiz

6. Ma'lumotlaringizni boshqarish

7. Xavfsizlik

Ma'lumotlar telefonning ilova uchun ajratilgan xotirasida saqlanadi va boshqa ilovalar ularni o'qiy olmaydi. Ilova o'z ichida qo'shimcha shifrlash yoki PIN-kod qo'llamaydi, shuning uchun telefoningizni ekran qulfi bilan himoyalashni tavsiya qilamiz. Android tizimining avtomatik zaxirasi bu ilova uchun o'chirilgan.

8. Bolalar

Ilova bolalarga mo'ljallanmagan va hech kimdan, jumladan bolalardan ham, shaxsiy ma'lumot to'plamaydi.

9. O'zgarishlar

Ilova o'zgarsa, ushbu siyosat ham yangilanishi mumkin. Yangilangan versiya shu sahifada, yangi kuchga kirgan sana bilan e'lon qilinadi.

10. Aloqa

Savol va takliflar uchun: Iqboljon Xasanov — [EMAIL]